Qidiruvdagi shaxslar tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.
2021 yil 16 fevral' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB TQXB boshlig‘i, viloyat IIB JQB tezkor vakili va shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSXga joylashtirilgan.
2021 yil 17 fevral' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 104-moddasi 3-qismi va 226-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB tezkor vakili va shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Boburshoh ko‘chasidan ushlanib, shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
2021 yil 18 fevral' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Norin tumanida yashagan, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB O‘MIB tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakillari tomonidan Norin tumani hududidan ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati