Qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.
Joriy yil 7 yanvar' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili va TEQKB tezkor vakillari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani Namangan ko‘chasidan ushlangan.
8 yanvar' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, fuqaro Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari va Pop tumani IIB 7-sonli IIB HPB profilaktika inspektorlari hamda viloyat IIB TQXB boshlig‘i hamkorligida Pop tumani Pungon mahallasi hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati