6 May 2021 yil
388
Qidiruvdagi shaxs Qozog‘iston Respublikasidan olib kelindi.
Joriy yil 2 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan, Namangan shahrida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB JQB tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan Qozog‘iston Respublikasi Karaganda shahridan ushlanib, Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining rozilik xatiga ko‘ra va Minsk konvensiyasiga asosan Almata shahridan etap qilinib, Namangan shahar IIO FMB VSXga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati