9 Oktyabr 2021 yil 339

Qidiruvdagi shaxs Novosibirsk viloyatida qo‘lga tushdi.

2021 yil 8 oktyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2016 yilda O‘z.R JKning 228-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB katta tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk viloyatida ushlanib Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining rozilik xatiga va Minsk konvensiyasiga asosan Moskva shahridan etap qilinib Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech