8 Yanvar 2022 yil 472

Qassobxonadan go‘sht va tarozi o‘g‘irlandi.

2022 yil 7 yanvar kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan qassobxona deraza oynasini sindirib kirib, narxi 8.000.000 so‘mlik 190 kg. go‘sht mahsulotlari va tarozisini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 7 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech