21 Sentyabr 2021 yil 363

Qarz tufayli kelib chiqqan janjal..

2021 yil 13 avgust kuni Andijon viloyati Asaka tumani IIBdan kelgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 8 iyul' kuni soat 11:30 larda, Chust tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol birga yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ukasi hamda birga yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan kuyovi bilan bir guruh bo‘lib, Chust tumanida joylashgan avtoturargohida, Andijon viloyatida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan birga yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan akasining 4.700 AQSh dollari qarzi borligini aytib, o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan urib, tan jarohati yetkazganlar.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech