7 Fevral 2022 yil
445
Qarz sifatida olingan 22.000 AQSh dollari egasiga qaytarilmadi
2022 yil 26 yanvar kuni, Chust tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 25 dekabr kuni, Chust tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 22.000 AQSh dollarini 15 kunda qaytarib berishini aytib olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fuqaro bir necha fuqarolarni ham aldab, pullarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 6 fevral kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati