3 Iyul 2021 yil 367

Qarz evaziga tikilgan “Neksiya”

2021 yil 19 iyun' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 24 aprel' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 223-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Neksiya rusumli avtomashinasini 3.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulini bir oyda berishini aytib, aldab, avtomashinani olib ketib, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroga 20.000.000 so‘m qarzi evaziga berib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyun' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech