Qarovsiz qolirilgan avtomashinadan pul va boshqa buyumlar o‘g‘irlandi.
2021 yil 14 sentyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojat qilib, shu kuni soat 16:00 larda, Lasetti rusumli avtomashinasini Namangan shahrida joylashgan MChJning hovlisidagi avtoturargohida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, salonda bo‘lgan qora rangli sumkasidan 5.000.000 so‘m pullarini, narxi 2.000.000 so‘mlik 2 dona “Samsung Galaxy A5 2016” rusumli, narxi 800.000 so‘mlik “Samsung Galaxy A5 2015” rusumli hamda narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung Galaxy A5 2017” rusumli uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQG katta tezkor vakillari va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, MChJda qorovul bo‘lib ishlovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati