Qarovsiz qoldirilgan xonadonga o‘g‘ri tushdi
2022 yil 24 mart kuni, Chust tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ko‘cha tomonidagi deraza oynasini sindirib kirib, narxi 2.000.000 so‘mlik “Avalon” nomli changyutgichi, narxi 220.000 so‘mlik “Fly” rusumli telefon apparati va narxi 500.000 so‘mlik bir dona tilla uzugini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 2001 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 25 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati