Qarovsiz qoldirilgan xonadonga o‘g‘ri tushdi
2021 yil 23 noyabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 noyabr' kunidan 7 noyabr' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasidagi shkafda bo‘lgan 2.500.000 so‘m pul, narxi 2.000.000 so‘mlik bir juft tilla baldoq va narxi 200.000 so‘mlik bir dona ko‘rpa jildini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni qo‘shnisi, 1996 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati