Qarovsiz qoldirilgan xonadon tunab ketildi
2021 yil 10 noyabr kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasida bo‘lgan narxi 4.500.000 so‘mlik 1 dona “Artel” rusumli televizorini, shkafida bo‘lgan 500.000 so‘m pulini va oshxonasidan narxi 180.000 so‘mlik 2 dona 5 litr hajmli yelim idishlarda bo‘lgan o‘simlik yog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektori va Tashkiliy bo‘linma NQ navbatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashagan, 2017 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 2021 yil 11 noyabr' kuni JIB Uchqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan O‘z.R JKning 46-moddasiga asosan o‘talmagan ahloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, 6-sonli TXga yuborilgan, 1981 yilda tug‘ilgan akasi sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati