13 Noyabr 2021 yil 331

Qarovsiz qoldirilgan velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi

Joriy yil 12 noyabr' kuni Uychi tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 11 noyabr' kuni soat 16:30 larda birga yashovchi o‘g‘li tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi Uychi tumani Bog‘ mahallasida joylashgan “Playstation” komp'yuter o‘yinlari xonasi oldida narxi 1.150.000 so‘mlik velosipedini qarovsiz qoldirib, kompyuterxonaga kirib ketgan vaqtida noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech