Qarovsiz qoldirilgan velosiped o‘g‘irlandi
2022 yil 27 aprel kuni, Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, 7-sonli maktab oldida qarovsiz qoldirgan velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati IIB JXX JTSB va PPXB 2-otryad xodimlari bergan ma'lumotiga asosan, shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan.
Gumonlanuvchi Namangan shahar Guliston MFYda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib, undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati