15 May 2023 yil 548

Qarovsiz qoldirilgan velosiped oʻgʻirlab ketildi

2023-yil 13-may kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 1970-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 11-may kuni soat 21:00 larda nomaʼlum shaxs fuqaroning  yashash uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, hovlisida boʻlgan narxi 1.500.000 soʻmlik velosipedini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Kosonsoy tuman IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda 1993-yilda tugʻilgan shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech