17 Aprel 2021 yil 345

Qarovsiz qoldirilgan velosiped o‘g‘irlab ketildi.

Joriy yil 13 aprel' kuni Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 aprel' kuni 17:30 larda noma'lum shaxs, mahallasi hududida joylashgan komp'yuter o‘yinlari markazi oldida narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili va HPB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech