9 Avgust 2021 yil 382

Qarovsiz qoldirilgan uydan tilla taqinchoqlar o‘g‘irlab ketildi.

2021 yil 4 avgust kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 22:00 larda, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan kirish eshigi orqali kirib, mexmonxonasida bo‘lgan narxi 6.800.000 so‘mlik “Baxor” nomli tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Davlatobod tuman IIB JQB katta tezvkor vakili tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, Chust shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech