Qarovsiz qoldirilgan uydan qurilish materiallari o‘g‘irlandi.
Joriy yil 4 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 oktyabr' kunidan 4 oktyabr' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan uyidan narxi 5.000.000 so‘mlik qurilish materiallarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati