15 Dekabr 2021 yil 526

Qarovsiz qoldirilgan “Tiko” o‘g‘irlab ketildi

Joriy yil 13 dekabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:30 larda, o‘ziga tegishli bo‘lgan Tiko rusumli avtomashinasini yashash xonadoni oldidagi maydonda qarovsiz qoldirganligini, soat 16:30 larda uyidan qaytib chiqqan vaqtida avtomashinasi qoldirgan joyida yo‘qligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, avtomashina Davlatobod tumanida joylashgan, fuqaroga tegishli bo‘lgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasidan topilib, avtomashinani, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro olib qochib ketganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech