Qarovsiz qoldirilgan sumkadan pul va telefon o‘g‘irlandi.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIBga Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Buvayda MFY Farg‘ona ko‘chasida yashovchi, ayol ariza bilan murojaat qilib, Furqat MFY hududida joylashgan dehqon bozorida savdo qilayotgan vaqtida savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan sumkasi va ichida bo‘lgan narxi 1.200.000 so‘mlik “Redmi” rusumli uyali telefon apparati va 8.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma'lum bo'lishicha Namangan shahar Davlatobod tumani Umid MFY 2-kichik tumanida yashovchi, ayol mazkur jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanib, undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar, pul va buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang. Bu bilan siz jinoyatchilikni oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati