13 Iyul 2023 yil 409

Qarovsiz qoldirilgan skuter o‘g‘irlab ketildi

Joriy yilning 7-iyul kuni Namangan tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:40 dan soat 13:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan narxi 13.000.000 so‘mlik elektroskuterini va skuter yukxonasidagi narxi 100.000 so‘mlik uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan tumani Bo‘ston MFYda yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech