Qarovsiz qoldirilgan mol o‘g‘irlab ketildi.
2021 yil 18 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 iyun' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani mahallasi hududida joylashgan dala bog‘ida qarovsiz qoldirgan narxi 8.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i, JQB tezkor vakillari va HPMB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqarolar ekanligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati