Qarovsiz qoldirilgan mol hayvonini ikki shaxs o‘g‘irlab ketdi.
2021 yil 7 oktyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 oktyabr' kuni soat 15:00 larda, Norin tumani hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 3.000.000 so‘m bo‘lgan 1 bosh molini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati