Qarovsiz qoldirilgan mol hayvoni o‘g‘irlab ketildi
2021 yil 19 dekabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 dekabr' kuni soat 13:00 dan soat 14:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Pop tumani hududidagi bog‘i yonidagi yer maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi, JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati