Qarovsiz qoldirilgan hovliga o‘g‘ri tushdi.
2021 yil 28 sentyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 sentyabr' kunidan 28 sentyabr' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Norin tumanida joylashgan yangi hovlisida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, devor oshib kirib, mehmonxonasida bo‘lgan umumiy narxi 350.000 so‘mlik bir dona “Kenon” rusumli magnitafonini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati