1 Avgust 2023 yil 407

Qarovsiz qoldirilgan chorva hayvoni o‘g‘irlandi

2023-yil 26-iyul kuni Pop tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, mahallasi hududida joylashgan xususiy bog‘ida qarovsiz qoldirgan narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech