22 Mart 2021 yil 360

Qarovsiz qoldirilgan avtomashinaning magnitofoni o‘g‘irlab ketildi.

Joriy yil  17 mart kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi yashash uyi oldida qarovsiz qoldirilgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasini eshiklari ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina salonida bo‘lgan narxi 600.000 so‘mlik “Sony” rusumli avtomagnitafonini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘rgan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakili, HPB TP profilaktika inspektori va TB surishtiruvchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech