4 Aprel 2023 yil 367

Qarovsiz qoldirilgan avtomashinadan telefon o‘g‘irlandi.

2023 yil 2 aprel kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi yashash xonadoni oldiga o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, avtomashina eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, narxi 3.000.000 so‘mlik “LG” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech