Qarovsiz qoldirilgan avtomashinadan 9.000.000 so‘m pullar o‘g‘irlandi
2022 yil 19 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:30 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar hududida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirgan Labo rusumli avtomashinasidan 9.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 20 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati