3 Aprel 2023 yil 374

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina voyaga yetmagan shaxslar tomonidan o‘g‘irlandi.

2023 yil 2 aprel kuni Namangan shahar Zarafshon MFYda yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi o‘zini nomida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida kaliti o‘zida hamda eshiklarini ochiq xolda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, viloyat IIB YXXB hamda Namangan shahar IIO FMB 1- sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Majnuntol MFYda yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan 2 nafar yigit sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech