Qarovsiz qoldirilgan avtomashina salonidan 500 AQSh dollari va 2.800.000 so‘m pullar o‘g‘irlandi
2021 yil 28 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 28 noyabr' kuni soat 16:00 larda, Lasetti rusumli avtomashinasini Namangan shahar Davlatobod tumanida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina salonida bo‘lgan sumkasidan 500 AQSh dollari va 2.800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati