Qarovsiz qoldirilgan avtomashina o‘g‘irlandi
2022 yil 19 fevral' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:30 larda, o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasini Namangan shahar ko‘chasida kalitini o‘zida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirib, uyali telefon apparatiga pul tushirish maqsadida “Paynet” shahobchasiga kirib ketib, qaytib chiqqan vaqtida noma'lum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, shahar IIO FMB VEBIG inspektor psxoligining bergan ma'lumotiga asosan, viloyat IIB JQB va shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Avtomashina yashash uyidan texnik soz holda topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 19 fevral' kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati