4 Yanvar 2021 yil 442

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina ballonsiz qoldi.

Joriy yil 2 yanvar' kuni Namangan shahrida yashovchi 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 01:40 larda Kobal't rusumli avtomashinani yashash uyi oldida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinasining narxi 3.000.000 so‘mlik 3 dona balonlarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi 3nafar fuqaro sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech