Qarovsiz qodirilgan uyning romlari o‘g‘irlab ketildi.
2021 yil 30 sentyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 24 sentyabr' kunidan 26 sentyabr' kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani mahallasida joylashgan hozirda hech kim yashamayotgan hovlisidagi qurilishi tugallanmagan binoga o‘rnatilgan narxi 3.300.000 so‘mlik 3 dona “Akfa” profil eshiklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati