4 May 2022 yil
505
Qarovsiz qoldirilgan avtomashinadan pul o‘g‘irlandi.
2022 yil 1 may kuni Uychi tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi oldida qarovsiz qoldirgan KAMAZ-6570 rusumli yuk avtomashinasi oynasini qo‘li bilan tushirib ochib, salonida bo‘lgan 2.060.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati