7 Aprel 2022 yil 432

Qalbaki aviabiletlarga aldangan fuqarolar IIBga murojaat qildi.

2022 yil 17 mart kuni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro va boshqalar tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, shu yil fevral va mart oylarida Norin tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan ayol Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasida “Aviakassa” ochib, o‘zini fuqarolarga “Aviakassa” xodimi ekanligini aytib, 82 nafar fuqarolarni har biridan avia bilet va “Kovid-19” maʼlumotnomasi uchun 2.000.000 so‘mdan 3.500.000 so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi pullarni olib, ularga qalbaki avia biletlarni berib, ularni aldab, pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, pullarni shaxsiy manfaati yo‘lida ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘raganlar.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech