4 Dekabr 2021 yil 387

Pullarni o‘margan shaxs ushlandi

2021 yil 27 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni 15:00 dan soat 17:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyiga devor oshib kirib, yotoqxonasidagi shkafda bo‘lgan 4.800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Yangi Namangan TIIB huzuridagi TB tergovchisi va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech