Puli to‘lanmagan avtomashinalar boshqa shaxsga sotib yuborildi.
Joriy yil 6 sentyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 27 iyun' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Neksiya-3 rusumli va Malibu rusumli avtomashinalarini 40.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulini bir oy muddatda berishini aytib, ishontirish maqsadida tilxat yozib berib, ushbu avtomashinalarni ukasi, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga 38.000 AQSh dollariga sotib yuborib, pulini o‘zining shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati