9 Avgust 2021 yil 358

Puli to‘lanmagan avtomashina boshqa shaxsga sotib yuborildi.

2021 yil 21 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil fevral' oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinani MChJdan xar oyga 300 AQSh dollaridan berish sharti bilan 25 oy muddatga olib, ushbu avtomashinani o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaroga 2.000 AQSh dollariga sotib, pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, avtomashinani rasmiylashtirib bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 08 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech