6 Aprel 2022 yil 438

Pul va tilla taqinchoqlarni o‘margan ayollar qo‘lga olindi.

2022 yil 3 aprel kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 4 aprel kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi shkaf tortmasida bo‘lgan narxi 40.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini, 100 AQSH dollari hamda 420.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2021 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan ayol hamda uning 3 nafar mahalladosh sheriklari sodir etganliklari aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech