Pul va telefon o‘g‘risi ushlandi.
2021 yil 30 iyun' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 30 iyun' kuni soat 08:30 larda, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonada bo‘lgan narxi 1.050.000 so‘mlik “Samsung J7” rusumli uyali telefon apparatini hamda u yerda bo‘lgan ayollar sumkasi ichidagi 900.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan tuman IIB TvaEQKG tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni mahalladoshi, Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati