9 Sentyabr 2020 yil 771

Psixotroplar inson salomatligi uchun xavf.

Namangan viloyatida IIB va boshqa idoralar hamkorligida viloyatning barcha hududlarida “Tozalash-Antiterror” tadbiri o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 28 avgust kuni o‘tkazilayotgan tadbir davomida Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakili va 2-sonli IIB HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan Namangan shahrida yashovchi fqaroning uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonasidagi tortma ustida turgan 30 dona psixotrop moddalar turkumiga kiruvchi “Fenazepan” tabletkalar va 5 dona 1 gr.li ampula idishida bo‘lgan “Rubufin” nomli dori vositasini saqlab yurganligi aniklanib tekshirib ko‘rish uchun Namangan shahar IIO FMBga olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu 30 dona “Fenazepam 2ml” tabletkalarining har birida 0,0075 gramdan, jami 0,0225 gramm bo‘lgan psixotrop moddalar mavjudligi hamda “Rubukfin” giyohvand moddalari tarkibiga kirib, 5 dona Rubufin ampulasining har birida 0,01 gramdan jami 0,05 gramm giyohvand modda saqlashligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech