Profilaktika inspektorlarining malakasi oshirilmoqda.
Profilaktika inspektori. Ichki ishlar organlarining ayni shu yo‘nalishida xizmat qilib kelayotgan xodimlardan ko‘proq masu'liyat, bilim-tafakkur va sabr-qanoat talab etiladi. Boisi ularning har biri minglab oilalar halovati va xavfsizligi uchun mas'uldir. Shu sababdan ularni kasbiy va jismoniy tayyorgarliklari muntazam sinovdan o‘tkazilib, malakalari oshirib boriladi.
Namangan viloyatida ham ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish institutining professor o‘qituvchilari tomonidan sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazib kelinmoqda.
Tashkil etilgan o‘quv seminari davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy xujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular orasida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Baxs munozaralarga boy bo‘lgan seminar davomida profilaktika inspektorlari ham faoliyatlari davomida uchraydigan muammo va kamchiliklar borasida o‘zlarini qiziqtirib kelgan savollarga ustozlardan aniq javoblar olishdi.
Ichki ishlar tizimida xizmat olib borayotgan har bir xodim eng avvalo xalq va Vatan manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda ish olib borsa o‘sha mamlakatda hotirjamlik va farovonlik hukm suradi.
Insonlarning kunduzi behavotir yurishlari, tunda esa tinch orom olishlari uchun yurt posbonlari uyqusidan kechib, osoyishtalikni saqlab turishga mas'uldirlar. Bu kabi o‘quv yig‘inlari esa ana shu mas'uliyatga munosib xodim bo‘lishga xizmat qilishi shubxasiz.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati