29 May 2021 yil 384

Profilaktika inspektorlari tomonidan uyida giyohvand modda saqlayotgan fuqaro aniqlandi.

Joriy yil 20 may kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, tumanda yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yerto‘lasida oq qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 44,24 gramm bo‘lgan “Ko‘knor somoni” ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech