6 Fevral 2021 yil 289

Profilaktika inspektoriga pora berishga uringan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi.

Joriy yil 3 fevral' kuni Chust tumani IIB HPB TP profilaktika inspektori IIV O‘XB Namangan viloyat bo‘yicha bo‘limiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda shu yil 25 yanvar' kuni soat 14:00 larda Chust shahrida yashovchi fuqaro yashash uyida 40.000 so‘m pul evaziga 27 yoshli erkak va 31 yoshli ayolning o‘zaro ishqiy munosabatlari uchun sharoit yaratib berganligini aniqlagani, biroq ushbu fuqaroning otasi o‘g‘liga nisbatan hujjat rasmiylashtirmaslik evaziga inspektorga 100 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur bildirgiga asosan, shu kuni soat 12:00 larda Namangan viloyati IIB O‘XB xodimlari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tuman IIB binosi oldida HPB TP profilaktika inspektoriga fuqaro 100 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha IJQKD tuman bo‘limi tomonidan O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech