3 Avgust 2021 yil 354

Profilaktika inspektori va Kinologlar xonadondagi giyohvand moddani aniqladi.

2021 yil 31 iyul' kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan tadbir davomida, Namangan tumani IIB HPMB profilaktika inspektori va IIB JTSB kinologiya xizmati kichik inspektor kinologlar tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari jarayonida, Namangan tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadoni yotoqxonasidagi divanni ko‘rpachasi ostida 1 bo‘lak polietilen idishning ichida ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli, nashasimon giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalarni saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2,1 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 avgust kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech