4 May 2022 yil 786

Profilaktika inspektori tomonidan suv xavzalari atrofida yashovchi aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyatining barcha tumanlarida suv havzalariga yaqin bo‘lgan, soy va suv omborlari atrofida yashovchi aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Voyaga yetmaganlar va o‘smirlarga, taqiqlangan joylarda cho‘milmaslik, tez oqar kanallar va anhorlar atrofida o‘ynamaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Kunlarning isishi bilan ayniqsa yoshlar o‘rtasida ota-onalar nazoratisiz turli suv havzalarida suzish holatlari ko‘payib boradi. Ayni vaqtda suvning harorati inson tanasi uchun anchayin sovuqlik qiladi. Bu esa cho‘milish vaqtida tomirlar tortishib qolishi va harakatsiz holatga kelishga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois ham bahor mavsumida cho‘milish tavsiya etilmaydi. Hudud profilaktik inspektorlari tomonidan olib borilayotgan tushuntirish ishlarida, suv havzalari atrofida yashovchi aholiga bu borada atroflicha tushuncha berilib, tarqatma materiallar taqdim etilmoqda. Bundan tashqari cho‘milish taqiqlangan hududlarga ogohlantiruvchi maxsus belgilar joylashtirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech