8 Iyun 2021 yil 631

Prezident qarorlarining ijrosi ta'minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Yo‘l-harakati xavfsizligini ta'minlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3216-son «Ichki ishlar organlarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 139-son «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari va bu borada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil  28 maydagi 110-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan viloyatiga kelib, joylardagi ichki ishlar tizimlariga xizmat safarlari uyushtirilib, sayyor o‘quv mashg‘ulotlari  o‘tkazilishi boshlandi. Bunda ichki ishlar organlarining xizmat avtomototransport vositalari biriktirilgan xodimlari bilan malaka oshirish o‘quv kurslari Akademiya professor-o‘qituvchilaridan  podpolkovniklar Sh.Sh.Rizaev va A.B.Dosmuxamedov hamda leytenant J.U.Qudratovlar tomonidan joylarda sayyor o‘quv kurslarini   xizmatdan ajralmagan holda, xizmat avtomototransport vositalari biriktirilgan ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish kursi bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturga asosan tashkil etildi. Sayyor o‘quv kursalarini Namangan viloyatida samarali hamda sifatli tashkil etish maqsadida viloyatni 3 ta kichik mintaqalarga ajratilib, yaqin masofadagi tumanlarni bitta mintaqaga birlashtirildi.

Jumladan: 1-mintaqaga kiruvchi Kosonsoy, Pop, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on hamda Chust tumanlarini Chust shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli “Vatanparvar” tashkiloti qoshidagi avtomobil' maktabida o‘tkazilishi, 2-mintaqaga kiruvchi Norin, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Uychi hamda Yangiqo‘rg‘on tumanlari Uychi shahar xududida joylashgan  Mudofaa vazirligiga qarashli “Vatanparvar” tashkiloti qoshidagi avtomobil' maktabida, va nihoyat 3-mintaqaga kiruvchi Namangan shahar, Namangan, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari hamda Namangan viloyati IIB shaxsiy tarkibidagi haydovchi xodimlarni malakasini oshirish Namangan shahar xududida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli “Vatanparvar” tashkiloti qoshidagi avtomobil' maktabida o‘tkazilishi belgilab olindi. Dastlab, viloyat markazidan uzoqda bo‘lgan 1-mintaqadan, ya'ni Chust shahridagi avtomobil' maktabda joriy yilning 7 iyun' kunidan boshlab, har bir o‘qituvchiga 3 ta o‘quv gurhlar tashkillashtirilib, malaka oshirish o‘quv dasturiga asosan 1- va 2-mavzulari bo‘yicha ma'ruza hamda munozara o‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan jadvallar asosida amalga oshirildi. Shuningdek Dastur talablaridan kelib chiqib, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mul'timedia materiallari, yo‘l-harakati xavfsizligini ta'minlash hamda yo‘l-transport xodisalarini kelib chiqishiga  oid videoroliklar , shuningdek o‘quv kursi yakunida olgan bilimlarini test shaklda  sinovdan o‘tkazish maqsadida maxsus dasturlar o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilib, ta'lim jarayonida ushbu metodik materiallardan unumli foydalanilmoqda. Ta'lim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga o‘rnatilgan tartibda sertifikatlar berilishi yo‘l qo‘yildi.

Malaka oshirilishga jalb etilgan xodimlarni mashg‘ulotlarga to‘liq qatnashishi ta'minlashda, shuningdek sayyor o‘quv kurslarini o‘rnatilgan tartibda videoproektor, komp'yuter, audio va video kuzatuv tizimlari, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalari jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishida hamda o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish uchun komp'yuterlar bilan jihozlangan xonalarda tashkil etishda viloyat IIB rahbariyati tomonidan amaliy  yordam berilmoqda. 

Jumladan Namangan viloyati bo‘yicha yuborilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etishda Mudofaa vazirligiga qarashli Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining Namangan viloyati bo‘limi (A.A'loxodjaev), Chust tumani avtomobil' va sport – texnika  maktabi (S.A.Maxkamov), Uychi  tumani avtomobil' va sport-texnika maktabi(I.Mavlyanov) o‘quv muassasalarining  o‘quv-moddiy bazalaridan unumli foydalanilmoqda. Ushbu tashkilot rahbarlari  tomonidan hamkorlikda o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etishda o‘qitishning innovasion texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalardan  foydalanishda yaqindan yordam berib kelmoqdalar.

 

podpolkovnik   Sh. Sh. Rizaev

IIV Akademiyasi Yo‘l-harakati xavfsizligini ta'minlash kafedrasi katta o‘qituvchisi

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech