PPX xodimlari uchun arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari kecha-yu kunduz xalq xizmatida osoyishtlik va tinchlikni ta'minlash maqsadida tinim bilmay xizmat qilib kelishmoqda. Barchaga ma'lum Yangi yil bayrami ham yaqinlashmoqda. Ushbu sana arafasida barcha bozorlarda bayram dasturxoni uchun harid maqsadida kelgan fuqarolar ko‘paya boshlaydi. Tizim xodimlarida esa bunday imkoniyat kamroq bo‘lgani, ya'ni ular o‘z xizmat vazifasidan vaqt ajrata olmagani bois viloyat IIB va uning sohaviy xizmatlari tomonidan “Yangi yil” yarmarkasi tashkil etildi.
Joriy yilning 27 dekabr' kuni Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXB rahbariyati tomonidan tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka ham shular jumlasidandir. Tashkil etilgan ushbu yarmarkada shahardagi savdo do‘konlari va bozorlardan sifatli oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinib, xodimlar va ularning oila a'zolari uchun qulay narxlarda harid qilish imkoniyati yaratildi.
Bayram arafasida bu kabi yarmarkalarni o‘tkazib borilishi xodimlarning vaqti tejalishiga ularning oila a'zolarini esa bayramni to‘kin dasturxon ila yaxshi kayfiyatda qarshi olishlariga ko‘mak beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati