29 Aprel 2021 yil 365

PPX xodimlari tomonidan fuqaroda “Marixuana” borligi aniqlandi.

Joriy yil 25 aprel' kuni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 4-otryad xodimlari M.Azizov, R.Ergashev, A.Adashev, E.Asqarovlar tomonidan, Namangan shahar Beruniy mahallasida shubxali xatti-harakatlar sodir etgan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganda, egnida bo‘lgan trikosining o‘ng cho‘ntagidan 5 bo‘lak o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun shahar IIO FMBga olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech